O‘zgidromet olti viloyatda qor ko‘chkisi xavfini e’lon qildi

O‘zbekistonning olti viloyatidagi qator tumanlarda qor ko‘chishi xavfi yuzaga keldi.
Sputnik
TOShKENT, 5 dek — Sputnik. 2022-yil 6-8 dekabr kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining sezilarli o‘zgarishlari sababli respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi yuzaga keladi. Bu haqda O‘zgidromet matbuot xizmati ogohlantirdi.
Sinoptiklarga ko‘ra:
Qashqadaryo viloyati: Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Dehqonobod tumanlarida;
Surxondaryo viloyati: Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun, Boysun tumanlarida;
Jizzax viloyati: Zomin tumanida;
Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, tumani va Chotqol tizmasining Chimon tog‘larida;
Namangan viloyati: Pop tumanida;
Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona tumanlarida qor ko‘chish xavfi elon qilinadi.
Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar va tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘ralgan.