Mo‘g‘ulistonda ko‘mir tufayli ommaviy noroziliklar boshlandi - video

Mo‘g‘ulistondan ko‘mir o‘g‘irlangani haqidagi xabarlardan so‘ng ommaviy noroziliklar boshlandi.
Sputnik
TOShKENT, 5 dek - Sputnik. Mongoliyada ommaviy noroziliklar boshlandi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti. Hammasiga sabab ko‘mir o‘g‘irlangani haqidagi xabar bo‘ldi.
"Mo‘g‘ulistonda umumiy qiymati 1,8 milliard dollar bo‘lgan 6,5 million tonna ko‘mir o‘g‘irlangani haqidagi xabarlardan so‘ng ommaviy noroziliklar boshlandi.
Bugun norozilik namoyishlarining uchinchi kuni va namoyishchilar tobora agressiv bo‘lib bormoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda namoyishchilar Hukumat saroyiga bostirib kirgani aks etgan", - deyiladi xabarda.
Ma’lum bo‘lishicha, Mo‘g‘uliston hukumati Xitoy hukumatidan o‘g‘irlangan ko‘mir bo‘yicha tergovga aralashishni so‘ramoqda. Mo‘g‘uliston o‘z eksportining qariyb 86 foizini Xitoyga jo‘natadi. Ko‘mir ushbu hajmning yarmidan ko‘pini tashkil qiladi.