Hokimiyat haydovchilardan tezlikni oshirmaslikni so‘radi

Muzlamalarni bartaraf etish bo‘yicha tezkor ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu vaqt davomida haydovchilardan tezlikni oshirmaslik so‘raldi.
Sputnik
TOShKENT, 5 dek — Sputnik. Toshkentda muzlamalarni bartaraf etish bo‘yicha tezkor ishlar amalga oshirmoqda. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.
Aytilishicha, ob-havoning keskin o‘zgarishi, qor yog‘ishi va yo‘llarda muzlamalar hosil bo‘lgani sababli yo‘l harakati qatnashchilari bir qator noqulayliklarga duch kelishmoqda.
Haydovchilar va piyodalar uchun xavfni kamaytirish maqsadida shahar ma’muriyati muzlamalarni bartaraf etish bo‘yicha tezkor ishlarni amalga oshirmoqda.
Xabarda yo‘llarda turli hil noxush vaziyatlar yuzaga kelmasligi uchun barcha haydovchilardan transport vositasini boshqarish paytida ogoh bo‘lishlari so‘ralmoqda.
Shuningdek, tezlik talablariga qat’iy amal qilishlari, piyodalardan yo‘lni kesib o‘tishda o‘ta hushor bo‘lishlari ham qayd etilmoqda.