Eron aviakompaniyasi Toshkent va Samarqandga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi

Dastlab “Qeshm Air” reyslarni haftasiga bir marta amalga oshiradi.
Sputnik
TOShKENT, 5 dek — Sputnik. Eronning “Qeshm Air” aviakompaniyasi Tehronni O‘zbekistonning Toshkent va Samarqand shaharlari bilan bog‘laydi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 22-dekabrdan Tehron-Toshkent-Olmaota-Tehron va Tehron- Samarqand-Tehron yo‘nalishlarida muntazam qatnovlar yo‘lga qo‘yiladi.
Parvozlar Airbus 320 samolyotlarida, dastlab haftasiga bir marta amalga oshiriladi. Keyin talab ortsa, reyslar ko‘paytirish rejalashtirilmoqda.
Eron aviakompaniyasi “Qeshm Air” 1993-yilda tashkil etilgan. Shtab-kvartirasi Tehronda. Mahalliy va xalqaro, shuningdek, charter yo‘lovchi reyslarini amalga oshiradi.