TOShKENT, 5 dek - Sputnik. Donetskdagi "Rojdestvo Xristova" ibodatxonasi Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan o‘qqa tutildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti
Muxbir suratga olgan videolavhada cherkovning 3 qavati shikstlanganini ko‘rish mumkin. Bino burchagida ikki tomon devorlar qisman qulab tushgan. Cherkovning tom qismi ham shikastlangan.
Ayni damda ushbu o‘qqa tutish oqibatida qurbon bo‘lgan yoki jarohatlangan fuqarolar haqida ma’lumot yo‘q.
Aytish joizki, Ukraina Qurolli kuchlari NATO davlatlari tomonidan yetkazib berilgan artilleriya va raketa qurollari yordamida o‘qqa tutmoqda. Aksariyat hollarda zarbalar qo‘shinlar egallab turgan pozitsiyalarga emas, strategik muhim ahamiyatga ega bo‘lmagan, tinch aholi yashash joylari, shahar markazlari, ko‘priklar va boshqa obyektlarga kelib tushmoqda. Shuningdek, UQK Zaporojye AESini ham muntazam ravishda o‘qqa tutib kelishmoqda.