Andijonda 3 balli zilzila kuzatildi

Zilzila episentri Asaka tumani bo‘lgan. U yerda 3,4 balli yer silkinishi kuzatilgan.
Sputnik
TOShKENT, 5 dek — Sputnik. O‘zbekiston hududida mahalliy vaqt bilan soat 07:07da zilzila sodir bo‘ldi.
FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga ko‘ra, zilzila episentri Andijon viloyati Asaka tumani.
Zilzila koordinatalari: 40,65 gradus shimoliy kenglik; 72,24 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,4. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 263 km janubiy-g‘arbda.