Ukraina Rossiya ammiaki eksportini barbod qilish uchun provokatsiya uyushtirmoqchi – RIA Novosti

Odessa zavodida portlash uyushtirish rejalashtirilmoqda, unda Rossiya raketalarini “ayblashadi”.
Sputnik
TOShKENT, 4 dek — Sputnik. Kiyev rejimi Britaniya maxsus xizmati nazorati ostida va “GardaWorld” xususiy harbiy kompaniyasi yordamida BMTning Tolyatti – Odessa yo‘nalishi orqali ammiak tranzitini qayta tiklash tashabbusini barbod qilish uchun provokatsiyani uyushtirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda RIA Novosti harbiy-diplomatik manbasiga tayangan holda xabar bermoqda.
Manbaning so‘zlariga ko‘ra, Odessa porti yaqinida zavodda infratuzilmani vayron qilish uchun portlash uyushtirish rejalashtirilmoqda. Bunda Rossiya raketalarini “ayblashadi”.
Ta’kidlanishicha, bundan ko‘zlangan maqsad Rossiyani rivojlanayotgan mamlakatlarga ammiak yetkazib berish imkoniyatidan mahrum qilish.
Rossiya o‘g‘itlari eksportini qayta tiklash iyul oxirida Rossiya, Ukraina, Turkiya va BMT vakillari tomonidan imzolangan don bitimida ko‘zda tutilgan.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya jahon bozoriga o‘g‘it yetkazib berishni ko‘paytirishga tayyorligini ma’lum qilgan edi.