OPEK+ neft qazib olish rejasini o‘zgartirmaydi

OPEK+ noyabr oyidan boshlab neft qazib olish hajmini kuniga ikki million barrelga qisqartirishga kelishib olgan edi.
Sputnik
TOShKENT, 4 dek — Sputnik. OPEK+ mamlakatlari oktabr oyidagi uchrashuvda kelishilgan kuniga 2 million barrel neft qazib olishni nazarda tutuvchi rejani o‘zgartirmaslikka qaror qilishdi. Tashkilotning navbatdagi uchrashuvi 2023-yil 4-iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Bu OPEK saytida chop qilingan yakuniy kommunikeda aytilgan.
Shuningdek, OPEK+ ishtirokchilari talab va takliflar muvozanatini qo‘llash uchun har qanday payt uchrashuv o‘tkazishga va bozor vaziyatiga javoban zaruriy qo‘shimcha choralarni qabul qilishga tayyorliklarini bildirishgan.
OPEK+ davlatlari noyabr oyidan boshlab neft qazib olish hajmini kuniga ikki million barrelga qisqartirishga kelishib olgan edi.
OPEK+ning ushbu qarori “jahon iqtisodiyoti atrofidagi noaniqliklar va neft bozori prognozlarini hisobga olgan holda”, shuningdek, alyansning faol yondashuviga muvofiq qabul qilingani qayd etilgan. Ushbu qaror bitimning barcha ishtirokchilari tomonidan qo‘llab-quvvatlangandi.
Rossiya neftiga qarshi sanksiyalar

Ma’lumot uchun, 2022-yil 5-dekabrdan boshlab YeI, Avstraliya va G7 davlatlari Rossiya neftiga nisbatan narxlarning yuqori chegarasini belgilash to‘g‘risidagi sanksiyasi kuchga kirdi. Unga ko‘ra, dengiz orqali eksport qilinayotgan Rossiya neftining yuqor chegarasi barreliga 60 dollar miqdorida belgilangan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin G‘arbning ushbu sanksiyasiga javoban - Rossiya o‘z manfaatlariga zid ravishd va bozor tamoyillariga nomuvfiq ravishda hech kimga neft yetkazib bermasligini ta’kidlagan edi. Shu kunga qadar Rossiya Yevropa neft ehtiyojlarining 20%ini ta’minab kelayotgan edi.