TOShKENT, 4 dek — Sputnik. 4-dekabr kuni ertalab Navoiy viloyati shimolida havo harorati -20 darajagacha pasaydi. Bu haqda Navoiygidromet xabar berdi.
Qayd etilishicha, Navoiy viloyatining Uchquduq, Tomdi tumanlari va Zarafshon shahrida -11…-14 darajagacha, shimoliy Qizilqum hududlarida joylashgan “Oqbaytal” meteorologik stansiyasida esa -20 daraja sovuq kuzatilgan.
“Oqbaytal”da tuproq yuza qatlamidagi termometr ustunchasi -23 darajali sovuqlikni qayd etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zgidromet Navoiy viloyatining shimolida 12-17 darajagacha sovuq bo‘lishidan ogohlantirgan edi.