TOShKENT, 4 dek — Sputnik. Rossiya 2023-yilda qariyb 124 ming nafar xorijiy ishchilarni jalb qilishni rejalashtirapti. Rossiya Federatsiyasi hukumatining tegishli qarori normativ-huquqiy hujjatlar internet portalida e’lon qilindi.
“2023 yil uchun Rossiya Federatsiyasiga viza asosida keladigan xorijiy ishchilar jalb qilish uchun talab 123 ming 943 nafar etib belgilansin”, - deyiladi hujjatda.
Qarorga ko‘ra, xorijiy fuqarolarni eng ko‘p quyidagi ishchi mutaxassisliklar bo‘yicha jalb etish rejalashtirilgan:
tog‘-kon, kapital konchilik, qurilish-montaj ishlarida band bo‘lgan ishchilar uchun kvota – 32 ming 808 kishi;
yirik va kichik sanoat korxonalarining malakali ishchilariga ehtiyoj – 23 ming 664 kishi;
metallga ishlov berish va mashinasozlik sanoatiga yana 14 ming 343 nafar xorijlik ishchi sifatida jalb etilishi rejalashtirilgan.
Malakasiz ishchi kuchiga ehtiyoj 7,2 mingdan ortiq kishini tashkil etadi.
2023 yilda Rossiyaga kirish uchun taklifnomalar va chet el fuqarolariga ishlash uchun ruxsatnomalar berish kvotasi bir xil miqdorda – 123 943 kishi etib belgilandi.