Bu qiziq

Alsgeymer kasalligini davolash usuli topildi

Alsgeymer ko‘proq keksa yoshli insonlarda asta-sekin xotira susayishi, bosh miya faoliyati buzilib, aqliy qobiliyat pasaya borishi bilan namoyon bo‘ladi.
Sputnik
Rossiya olimlari belgiyalik va italiyalik hamkasblari bilan birgalikda Alsgeymerning davolash imkonsiz deb hisoblangan turini muolaja qilish usulini topdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston SSV.
Izlanishlar davomida olimlar inson miyasining bir qator retseptorlari faollashganda, Alsgeymer xastaligi bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlar teskari tomonga o‘zgarishini aniqlashga muvaffaq bo‘lishgan.
Buning uchun miyadagi zarur hujayralarni faollashtirish maqsadida neyronlardagi maxsus amin retseptorlari, ya’ni aminokislotalar qoldiqlarini “uyg‘otish” kerak bo‘ladi.
Hozircha tajriba jonivorlarda muvaffaqiyati sinovdan o‘tgan. Navbatdagi bosqichda tadqiqot samaradorligi insonlarda tekshiriladi.
Yakuniy natijalar ijobiy bo‘lgach, ilmiy xulosa Alsgeymer kasalligini davolash uchun zarur bo‘lgan dori-darmonlar yaratishga yo‘naltiriladi.
JSST ma’lumotlariga ko‘ra, sayyoramizda har 3 soniyada bir kishi Alsgeymer kasalligiga chalinadi. Hozir Yer yuzida 50 milliondan ortiq odam ushbu xastalikdan aziyat chekmoqda. Biroq 2030-yilga borib bu ko‘rsatkich 65 million nafardan oshishi mumkin.
Alsgeymer ko‘proq keksa yoshli insonlarda asta-sekin xotira susayishi, bosh miya faoliyati buzilib, aqliy qobiliyat pasaya borishi bilan namoyon bo‘ladi. Hozir dunyoda bu dardni erta bosqichda aniqlash va samarali davolash borasida izlanishlar olib borilyapti.