TOShKENT, 3 dek — Sputnik. 2022-yil yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonda 1,6 million tonna poliz ekinlari yetishtirilgan. Surxondaryo viloyati bu borada yetakchi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.
“Poliz ekinlari yetishtirish hajmi 2021-yilning mos davriga nisbatan 8,2 % ga oshgan”, deyiladi xabarda.
Hududlar kesimida yetishtirilgan poliz ekinlari hajmi:
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 125,4 ming tonna;
• Andijon viloyati – 117,5 ming tonna;
• Buxoro viloyati – 122,8 ming tonna;
• Jizzax viloyati – 195,2 ming tonna;
• Qashqadaryo viloyati – 159 ming tonna;
• Navoiy viloyati – 60 ming tonna;
• Namangan viloyati – 65,3 ming tonna;
• Samarqand viloyati – 88,5 ming tonna;
• Surxondaryo viloyati – 216,6 ming tonna;
• Sirdaryo viloyati – 190,8 ming tonna;
• Toshkent viloyati – 45,2 ming tonna;
• Farg‘ona viloyati – 60,7 ming tonna;
• Xorazm viloyati – 107,2 ming tonna.