Rustam Minnixanov O‘zbekistonga keldi

Tatariston rahbari Rossiya-O‘zbekiston biznes forumida ishtirok etadi.
Sputnik
TOShKENT, 2 dek — Sputnik. Tatariston Respublikasi prezidenti Rustam Minnixanov 1-dekabr kuni amaliy tashrif bilan Samarqandga keldi. Bu haqda Tatariston rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrifdan ko‘zlangan maqsad Rossiya-O‘zbekiston biznes forumida ishtirok etishdir. Forum O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Mixail Mishustin ishtirokida o‘tkazilmoqda.
Bugun, 2-dekabr kuni forum yalpi majlisi bo‘lib o‘tadi, unda Rustam Minnixanov so‘zga chiqishi rejalashtirilgan.