Rossiya havo mudofaa tizimining yangi raketasini sinovdan o‘tkazdi - video

Yangi raketa dushmanning havodan va koinotdan uyushtiriladigan hujumlarini qaytarishga mo‘ljallangan.
Sputnik
TOShKENT, 2 dek - Sputnik. Rossiya havo kosmik kuchlari yangi raketani sinovdan o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda Mudofaa vazirligi.
Havo mudofaa tizimining bir qismi bo‘lgan yangi antiraketaning sinov uchirish Qog‘og‘iston Respublikasi hududida joylashgan Sari-Shagan poligonida bo‘lib o‘tdi.
"Jangovar birliklar qo‘yilgan maqsad va vazifarlarni muvaffaqiyatli va yuqori aniqlikda bajarishdi. Yangi raketa o‘tkazilgan sinovlarda o‘zining texnik xususiyatlarini to‘liq isbotladi," - deb bayonot berdi Rossiya HKK qo‘mondoni general-mayor Sergey Grabchuk.
U️shbu havo mudofaa tizimi Rossiya Havo-kosmik kuchlari tarkibiga kiritilgan bo‘lib u dushmanning havodan va koinotdan uyushtiriladigan hujumlarini qaytarishga mo‘ljallangan.