TOShKENT, 2 dek — Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko va Rossiya prezidenti Vladimir Putin telefon orqali muloqot chog‘ida dekabr oyida uchrashuv o‘tkazishga kelishib oldi. Bu haqda Belarus davlat rahbari matbuot xizmatiga yaqin bo‘lgan “Pul Pervogo” Telegram kanali xabar berdi.
“Prezidentlar kelgusi aloqalar jadvalini ham belgilab oldi, dekabr oyida ittifoq qurilishini amalga oshirishning amaliy masalalari va iqtisodiy masalalarni muhokama qilish uchun uchrashuv o‘tkazishga kelishib olishdi”, deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, prezidentlar telefon orqali Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tadigan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi sammiti kun tartibini muhokama qilgan.
“Xalqaro kun tartibi va vaziyat, qo‘shma harakatlarni muvofiqlashtirish muhokama qilindi. Shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikning muhim masalalari – import o‘rnini bosish, ittifoqchi dasturlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, tomonlar gumanitar, xususan, ilm-fan sohasidagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratdi.