O‘zbekiston eng ko‘p import qilayotgan oziq-ovqatlar ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston 2022-yilning yanvar-oktabr oylarida eng ko‘p bug‘doy import qilgan.
Sputnik
TOShKENT, 2 dek — Sputnik. O‘zbekiston shu yilning yanvar-oktabr oylarida oziq-ovqat mahsulotlaridan eng ko‘p bug‘doy import qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Statqo‘mga ko‘ra, dastlabki 10 oyda mamlakatga jami 595,2 mln. dollarga teng bo‘lgan bug‘doy import qilingan.
Oziq-ovqat importida yuqori ulushga ega bo‘lgan mahsulotlar:
Bug‘doy – 595,2 mln. AQSh dollari;
Shakarqamish – 402,3 mln. AQSh dollari;
Margarin mahsulotlari – 217,3 mln. AQSh dollari;
O‘simlik yog‘i – 198,5 mln. AQSh dollari;
Qoramol go‘shti – 185,1 mln. AQSh dollari;
Bug‘doy uni – 109,3 mln. AQSh dollari;
Kakao va shokolad – 103 mln. AQSh dollari;
Sut mahsulotlari – 67 mln. AQSh dollari;
Kartoshka – 65,8 mln. AQSh dollari;
Bolalar uchun oziq-ovqat mahsulotlari – 61,4 mln. AQSh dollari;
Banan – 44,4 mln. AQSh dollari;
Choy – 37,8 mln. AQSh dollari;
Parranda go‘shti – 37,8 mln. AQSh dollari;
Kofe – 27 mln. AQSh dollari;
Makkajo‘xori – 24,6 mln. AQSh dollari;
Qandolat mahsulotlari – 23,5 mln. AQSh dollari.
Ma’lumot uchun, joriy yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekistonga 106 ta davlatdan qiymati 2,8 mlrd. AQSh dollariga teng bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari import qilingan. O‘zbekiston importining 50 foizdan ortig‘i ikki davlat – Qozog‘iston (36,2 %) va Rossiya (24,1 %) hissasiga to‘g‘ri keladi.