TOShKENT, 2 dek – Sputnik. Samarqanddagi Rossiya-O‘zbekiston biznes forumining dastlabki natijalarini Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakili Konstantin Zligostev Sputnik muxbiriga bergan intervyusida sarhisob qildi.
“Shubhasiz, mamlakatlarimiz prezidentlari tomonidan belgilab qo‘yilgan kayfiyat bor va bu kayfiyat O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi tadbirkorlari tomonidan hech qanday bosimsiz, bajonidil baham ko‘rilmoqda”, dedi u.
Rossiya O‘zbekistonning yetakchi sarmoyaviy hamkoridir. Ikki mamlakat kompaniyalari sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha keng ko‘lamli loyihalarni amalga oshirmoqda. Biznes forum doirasida kompaniya vakillari tomonidan bu boradagi istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.
“Masalan, kuni kecha Toshkent viloyatida joriy yil boshidan buyon texnopark loyihasini ishlab chiqayotgan “Chirchiq-Ximgrad industrial parki” vakillari Rossiya boshqaruv kompaniyasining hozirda Jizzax viloyatida ham shunday texnopark yaratish rejalari borligi haqida xabar berdi. Umid qilamizki, bu rejalar haqiqiy ko‘rinishga ega bo‘ladi, Jizzax viloyatida “Lada” avtomobillarini yig‘ish loyihasi bundan keyin ham muvaffaqiyatli rivojlanadi, chunki bizning rejalarimiz ulkan”, dedi Konstantin Zligostev.
Eslatib o‘tamiz, 1-2 dekabr kunlari Samarqand shahrida Rossiya-O‘zbekiston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Unda ikki mamlakat vazirlik va idoralari rahbarlari, yirik korxonalar vakillari ishtirok etdi.