Gaz ittifoqi ham ichki ehtiyojini qondiradi ham eksport salohiyatini oshiradi - Novak

Gaz ittifoqi Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekistonning ham ichki ehtiyojlarini qondiradi ham eksport salohiyatini oshiradi.
Sputnik
TOShKENT, 2 dek – Sputnik. Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston gaz ittifoqi mamlakatlar ichki ehtiyojini qondiradi va eksport salohiyatini oshiradi, dedi Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novak Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston-Rossiya biznes-forumida.
"Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston bir-biri bilan bog‘langan rivojlangan gaz transport infratuzilmasiga ega. Bugungi kunda ham ushbu infratuzilma orqali gaz yetkazib berilmoqda. Kelajakda biz undankengroq foydalanamiz. Jumladan, Qozog‘iston va O‘zbekistonning ichki ehtiyojlarini qondirish hamda eksportga yetkazib berish uchun", - dedi Novak Samarqandda.
Eslatib o‘tamiz, 28-noyabr kuni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev Rossiya prezidenti bilan uchrashuvidan so‘ng Vladimir Putinning Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston ishtirokida gaz ittifoqi tuzish taklifini ma’lum qilgan edi.