Yetkazib berish xizmatlarining narxlari qanchaga oshgani aytildi

Qayd etilishicha, noyabr oyida tayyor ovqatlarni yetkazib berish xizmatlarining narxlari oktabr oyiga nisbatan o‘zgarmagan.
Sputnik
TOShKENT, 2 dek — Sputnik. Ovqat yetkazib berish xizmatlarining narxlari joriy yil boshidan buyon o‘rtacha 3,2 % ga oshgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.
Qayd etilishicha, noyabr oyida tayyor ovqatlarni yetkazib berish xizmatlarining narxlari oktabr oyiga nisbatan o‘zgarmagan.
“Tayyor ovqatlarni yetkazib berish xizmatlarining narxlari yil boshidan buyon o‘rtacha 3,2 % ga qimmatlashgan”, deyiladi xabarda.
Tayyor ovqatlarni yetkazib berish xizmatlarining narxlari o‘tgan yilning mos oyiga nisbatan, ya’ni yillik nisbatda o‘rtacha 3,4 % ga oshgani kuzatilgan.