Aripov Mishustinga Termizdagi xalqaro savdo majmuasidan foydalanishni taklif qildi

Rossiya Termizdagi xalqaro savdo markazidan Afg‘oniston bilan bojsiz savdoni yo‘lga qo‘yish uchun foydalanishi mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 2 dek – Sputnik. O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Mixail Mishustinga Termizda joylashgan yangi ulgurji savdo majmuasidan Afg‘oniston bilan savdo-sotii uchun taklif qildi.
Samarqanddagi Milliy sanoat ko‘rgazmasiga tashrif buyurgan Aripov Mishustinga Afg‘oniston bilan chegaradagi savdo majmuasi maketini ko‘rsatdi. U yerga Afg‘oniston aholisi xavfsizlik ko‘rigidan o‘tib, vizasiz kirishlari mumkin. Majmua hududi o‘rab olingan va qo‘riqlanadi.

"Biz bu yerda 200 ta chakana va ulgurji savdo nuqtalarini sotuvga qo‘ydik. Rossiya ishlab chiqaruvchilari ham xuddi shunday tarzda bu yerda ishlashlari mumkin", - dedi Aripov. Shuningdek bosh vazir yangi yil oldidan mingta savdo shoxobchalari ishga tushishini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, 1-2 dekabr kunlari Rossiya Hukumati rahbari Mixail Mishustin amaliy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lib turibdi. U yerda Mishustin Abdulla Aripov bilan birgalikda hukumatlar qo‘shma komissiyasm yig‘ilishida hamda O‘zbekiston-Rossiya biznes-forumining yalpi majlisida so‘zga chiqadi.