Samarqandda O‘zbekiston - Rossiya biznes forumi boshlandi

Forum ishtirokchilari transport-logistika, sanoat loyihalari, savdo-iqtisodiy hamkorlik, kichik va o‘rta biznes o‘rtasidagi hamkorlik kabi masalalarni muhokama qiladi.
Sputnik
TOShKENT, 1 dek — Sputnik. Bugun Samarqandda O‘zbekiston - Rossiya biznes forumi boshlandi. Tadbir 1 va 2-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumki, forumda Rossiya hukumati raisi Mixail Mishustin, O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov, O‘zbekiston geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi raisi Bobir Islomov, Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov, Tatariston Respublikasi rahbari Rustam Minnixanov, Rossiya va O‘zbekiston vazirlik va idoralarining boshqa rahbarlari, yirik kompaniyalar, shuningdek, kichik va o‘rta biznes vakillari ishtirok etadi.
Forum ishtirokchilari transport-logistika, sanoat loyihalari, savdo-iqtisodiy hamkorlik, kichik va o‘rta biznes o‘rtasidagi hamkorlik kabi masalalarni muhokama qiladi.
Bundan tashqari, tadbir doirasida Rossiya-O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Forumda Tatariston Respublikasi sanoat klasteridan boshqaruv raisi Sergey Mayorov ishtirok etadi.