Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya Ukraina bilan muzokaralar o‘tkazishni so‘ramagan – Lavrov

Biz hech qachon hech qanday muzokaralar o‘tkazishni so‘ramadik, deydi Lavrov.
Sputnik
TOShKENT, 1 dek — Sputnik. Moskva Ukraina bilan muzokaralar o‘tkazishni so‘ramagan, biroq boshqa tomonni tinglashga tayyor. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Yevropa xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ta’kidladi.

“Bizni doimiy ravishda vaqt o‘tkazish uchun, ta’bir joiz bo‘lsa, maxsus harbiy operatsiya uchun qo‘shimcha kuchlarni yig‘ish uchun qandaydir muzokaralar so‘rashda ayblashsa, bu ham kulgili, ham yoqimsiz, chunki ular yolg‘on gapirmoqda.

Biz hech qachon hech qanday muzokaralar o‘tkazishni so‘ramadik, lekin har doim aytdik, agar kimdir muzokaralar yo‘li bilan yechim topishdan manfaatdor bo‘lsa, biz tinglashga tayyormiz”, - dedi Rossiya TIV rahbari.

Rossiya-Ukraina muzokaralari

Rossiya-Ukraina muzokaralari 28-fevralda, urush boshlaganidan to‘rt kun o‘tib o‘tkazila boshladi. Belarusda bir nechta uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi, keyin muzokarachilar video aloqa orqali muloqotni davom ettirdi. 10-mart kuni Turkiyaning Antaliya shahrida bo‘lib o‘tgan diplomatik forum doirasida Turkiya Rossiya va Ukraina Tashqi ishlar vazirlari Sergey Lavrov va Dmitriy Kulebaning uchrashuvini tashkil qildi. 29-mart kuni esa Istanbulda yuzma-yuz muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Uning yakunlari bo‘yicha Rossiya delegatsiyasi Ukraina tomonidan o‘rganib chiqiladigan va mamlakat rahbariyatiga yetkaziladigan aniq shakllangan pozitsiya va takliflarni oldi.
Biroq, keyinroq Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina muzokaralar jarayonini sekinlashtirish maqsadida o‘z takliflaridan voz kechib, ko‘plab provokatsiyalar yaratayotganini aytdi.