TOShKENT, 1 dek — Sputnik. Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov O‘zbekiston kompaniyalarini 2023-yilda bo‘lib o‘tadigan Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida ishtirok etishga taklif qildi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar bermoqda.
Shuningdek, u Rossiyadagi MDH davlatlarining biznes vakillari uchun Rossiya bozoriga kirishni rejalashtirgan yoki allaqachon kirib kelayotgan kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlaydigan axborot portalini ishga tushirishga tayyorlanayotganini aytdi.
“Biz Peterburg iqtisodiy forumida yangi loyihalar va istiqbollarni muhokama qilishga doim tayyormiz. U kelgusi yil 14-17 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi. Fursatdan foydalanib, sizlarni ishtirok etishga taklif etmoqchiman”, dedi vazir.
U tegishli natijalarga erishish Rossiya uchun ham, O‘zbekiston uchun ham muhim ekanini, shu bois hozirda forum ikki davlat vazirliklari darajasida kun tartibiga muvofiq ishlayotganini ta’kidladi.
“Yakunlarga ko‘ra, ertaga mamlakatlarimiz hukumatlari raislari – Mishustin va Aripovlar ishtirokidagi forumning yalpi majlisida natijalarni taqdim etamiz”, dedi u.
Eslatib o‘tamiz, Samarqandda O‘zbekiston - Rossiya biznes forumi bo‘lib o‘tmoqda. Forum ishtirokchilari transport-logistika, sanoat loyihalari, savdo-iqtisodiy hamkorlik, kichik va o‘rta biznes o‘rtasidagi hamkorlik kabi masalalarni muhokama qiladi.