NATOning Xitoy yaqinida o‘t bilan o‘ynashi Rossiya uchun ham xatarli – Lavrov

NATO uchun Janubiy Xitoy dengizi, bir paytlar Ukrainada bo‘lgani kabi, keskinlikni kuchaytirishga qarshi bo‘lmagan mintaqalardan biriga aylanmoqda - Lavrov.
Sputnik
TOShKENT, 1 dek — Sputnik. NATO Janubiy Xitoy dengizi mintaqasida keskinlikni kuchaytirishga harakat qilmoqda va bu Rossiya xavfsizligi uchun xatar tug‘dirmoqda, shuning uchun Moskva Pekin bilan harbiy hamkorlikni rivojlantirmoqda. Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov shunday fikr bildirdi, deb xabar berdi RIA Novosti.
“Mudofaa chizig‘i – kimdan ekani noma’lum – NATO yanada sharqqa qarab harakat surmoqda va, ehtimol, u Janubiy Xitoy dengizidan o‘tadi.
Vashington, Brussel, Avstraliya, Kanada, Londondan yangrayotgan ritorikani inobatga olsak, NATO uchun Janubiy Xitoy dengizi endi bir paytlar Ukrainada bo‘lgani kabi keskinlikni kuchaytirishga qarshi bo‘lmagan mintaqalardan biriga aylanmoqda”, - deydi Lavrov matbuot anjumanida.
U Xitoyning bu tur provokatsiyalarga qanday munosabatda ekani hammaga ma’lumligini qayd etarkan shunday dedi:

“Xitoy bunday provokatsiyalarga qanchalik jiddiy munosabatda bo‘lishini bilamiz, Tayvan va Tayvan bo‘g‘ozi haqida gapirmasa ham bo‘ladi. Biz tushunamizki, NATOning o‘sha hududlarda o‘t bilan o‘ynashi Rossiya Federatsiyasi uchun ham xavf-xatar tug‘diradi – u Xitoy hududiga bo‘lgani kabi bizning qirg‘oqlarimiz va dengizlarimizga ham yaqin. Shu bois Xitoy bilan harbiy hamkorlikni rivojlantirmoqdamiz”, deydi vazir.

Tayvan atrofidagi vaziyat AQSh Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining avgust oyi boshida orolga tashrifidan keyin keskinlashdi. Orolni o‘z provinsiyalaridan biri deb bilgan Xitoy bu safarni AQShning Tayvan separatizmini qo‘llab-quvvatlashi deb bilgan holda qoraladi va keng ko‘lamli harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazdi.