Mirziyoyev Szan Szemin vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston prezidenti Xitoy sobiq raisi vafoti munosabati bilan ta’ziya maktubini yo‘lladi.
Sputnik
TOShKENT, 1 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasining sobiq raisi Szan Szeminning vafoti munosabati bilan mamlakatning amaldagi raisi Si Szinpinga ta’ziya yo‘lladi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

“Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi keng qamrovli aloqalarni mustahkamlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirishga ulkan hissa qo‘shgan Szan Szeminning xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi”, - deyiladi Shavkat Mirziyoyevning maktubida.

Prezident Si Szinpinga hamda marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, Szan Szemin 30-noyabr kuni vafot etdi. Siyosatchi 1993-2003 yillarda Xitoy raisi bo‘lgan. So‘nggi vaqtlarda u oqqon va ichki organlarning funksional yetishmovchiligidan aziyat chekkan.