Gavayida ikkita vulqon bir vaqtning o‘zida otilmoqda - video

Birinchi bo‘lib dunyodagi eng katta faol vulqon Mauna-Loa otilishni boshlagan.
Sputnik
TOShKENT, 1 dek — Sputnik. Gavayidagi ikkita eng yirik vulqon 1984-yildan beri birinchi marta bir vaqtning o‘zida otildi. Bu haqda CBS News telekanali xabar berdi.

“Bir vaqtning o‘zida ikkita vulqon otilishi kamdan-kam uchraydigan holatdir... Gavayiliklar uchun bu, biz kuzatayotgan, muqaddas voqeadir”, - deydi Gavayi vulqonlari milliy bog‘i rasmiy vakili Jessika Ferrakeyn telekanalga.

Birinchi bo‘lib dunyodagi eng katta faol vulqon Mauna-Loa, keyinroq Kilauea otildi. Kilauea vulqoni Mauna-Loaga qaraganda kichikroq, ammo faolroq. U 1983-yildan buyon otilib kelmoqda, 2018-yilda esa uning lavasi oroldagi yuzlab uylarni vayron qilgan.
Gavayi rasadxonasi mutaxassislari vulqon otilishlari va lava harakatini diqqat bilan kuzatib borapti. Shu bilan birga, milliy bog‘ tashrif buyuruvchilar uchun ochiqligicha qolmoqda.