Toshkentda xalqaro turizm yarmarkasi boshlandi - foto

Har yili o‘tkaziladigan xalqaro tadbir doirasida xalq hunarmandchiligi ko‘rgazmasi ham o‘tkazilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 30 noya — Sputnik. “O‘zekspomarkaz” ko‘rgazmalar zalida “Ipak yo‘lida turizm” Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi (TXTYa) boshlandi.
Sputnik muxbiri ko‘rgazma ochilishida ishtirok etdi.
1 / 13

Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi boshlandi

2 / 13

O‘zbekiston Turizim va madaniy me’ros vaziri Aziz Abduhakimov turizm TXTAda nutq so‘zladi

3 / 13

Xorazm viloyati madaniy me’rosi taqdimoti

4 / 13

TXTAda Namangan viloyati madaniy me’rosi taqdimoti

5 / 13

TXTAda Boysun xalq og‘izaki ijodi namunalari taqdimoti

6 / 13

TXTAda Toshkent viloyati hududiy amaliy san’at namunalari ko‘rgazmasi

7 / 13

TXTAda Tandir noni va ko‘k somsa, Toshkent viloyati

8 / 13

Andijon viloyati hunarmandchilik namunalari

9 / 13

Milliy liboslar namunalari

10 / 13

Farg‘ona viloyati Rishton kulolchilik san’ati namunalari

11 / 13

O‘zbek milliy kashtachilik san’ati namunalari

12 / 13

Surxandaryo viloyati milliy kashtachilik san’ati namunalari

13 / 13

Yog‘och o‘ymakorlik san’ati namunalari

Xalqaro tadbir tashkilotchisi O‘zbekiston Turizm va madaniy meros vazirligi hisoblanadi.
"O‘zbekistonda turizm kundan-kunga rivojlanib bormoqda. 2023-yilda Samarqand shahri "Jahon turizm poytaxti"ga aylanadi, 2024-yilda Xiva shahri "Xalqaro islom madaniyati markazi" deb e’lon qilinadi. Bu tashabbuslar mamlakatning butun dunyo oldidagi mavqeyidan dalolat beradi”, deydi Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov.
Ko‘rgazma doirasida respublika hududlari o‘zlarining sayyohlik salohiyatini namoyish etdi. Tadbir doirasida O‘zbekiston xalq hunarmandchiligi ko‘rgazmasi ham ochildi.
TXTYa -2022 xalqaro ko‘rgazmasi 2-dekabrga qadar davom etadi.
Bu yil TXTYa ilk bor homiylar ko‘magida o‘tkazilmoqda. Sankt-Peterburg ko‘rgazma hamkorlaridan biriga aylandi.
Yarmarkada Rossiya turoperatorlari Assotsiatsiyasi, xorijiy va xalqaro sayyohlik tashkilotlari va agentliklari vakillari ishtirok etmoqda.
Tadbir doirasida Rossiya, Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston, Fransiya, Janubiy Koreya, Yaponiya kabi 15 dan ortiq davlatlarning milliy stendlari ishtirokida xalqaro ko‘rgazma tashkil etilgan.