Toshkent viloyatidagi ehtiyojmand oilalar xonadonlariga quyosh panellari o‘rnatiladi

Zoir Mirzayev tomonidan imzolagan tegishli farmoyishga ko‘ra, ehtiyojmand oilalalarni qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari bilan ta’minlash uchun 2 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi.
Sputnik
TOShKENT, 30 noya — Sputnik. Toshkent viloyatidagi ehtiyojmand oilalar xonadonlariga quyosh panellari o‘rnatiladi. Bu haqda viloyat hokimi Zoir Mirzayev tomonidan tegishli farmoyish imzolandi.
Hujjatda keltirilishicha, viloyat budjetining shu yil 3-chorak yakuni bilan shakillangan daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismi hisobidan ehtiyojmand oilalalarni qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari bilan ta’minlash uchun 2 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi.
Endilikda Quyi Chirchiq, Bekobod, Bo‘ka tumanlaridagi "Temir daftar"larga kiritilgan 100 nafar ehtiyojmand oila xonadoniga quyosh panellari o‘rnatiladi.
Ayni paytda Bo‘ka tumanidagi xonadonlarda mazkur qurilmalarni o‘rnatish jarayonlari boshlangan.
1 / 2
2 / 2
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida ilk marta qayta tiklanuvchi energiya manbalari orqali o‘zini-o‘zi energiya resurslari bilan to‘liq ta’minlaydigan xonadon barpo etilgandi. Mazkur xonadonga 15 kVt quvvatga teng quyosh panellari o‘rnatilgan bo‘lib, xonadonni energiya resurslari bilan to‘liq ta’minlaydi.
Shuningdek, Toshkent viloyatidagi 21ta umumta’lim maktabida quyosh panellari o‘rnatilmoqda.