TOShKENT, 30 noya - Sputnik. Sirdaryo viloyatida kanop moyi ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Undan asosan kimoviy sanoat, farmokologiya va kosmetologiyada foydalaniladi.
Ushbu moy texnik kanop o‘simligidan olinadi. Korxona vakili Saodat Jumanova aytishiga ko‘ra, ushbu o‘simlik tarkibida narkotik moddalar yo‘q. Bu bir qancha yetakchi laboratoriyalar ekspertizalari bilan tasdiqlangan.
Sirdaryo yog‘i allaqachon 7 davlat tomonidan oziq-ovqat mahsulotlaridan foydalanish uchun sertifikatlangan Jumladan Rossiya tomonidan ham. Yaqin kunlarda u mahalliy bozorlar rastalarida paydo bo‘ladi
“Biz uch kun davomida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati xalqaro ko‘rgazmalarida ishtirok etib, mahalliy bozorlarga mahsulot yetkazib berish bo‘yicha bir qancha shartnomalar imzoladik”, - dedi Jumanova.