Shaxmat: Nodirbek Abdusattorov Hikaru Nakamurani mag‘lubiyatga uchratdi

Hindistonning Kalkutta shahrida rapid va blits bo‘yicha "Tata Steel Chess India 2022" xalqaro shaxmat turniri bo‘lib o‘tmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 30 noya — Sputnik. Hindistonda bo‘lib o‘tayotgan xalqaro shaxmat turnirida Nodirbek Abdusattorov Hikaru Nakamurani mag‘lubiyatga uchratdi. Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sadullayev ma’lum qildi.
Ayni kunlarda Hindistonning Kalkutta shahrida rapid va blits bo‘yicha "Tata Steel Chess India 2022" xalqaro shaxmat turniri bo‘lib o‘tmoqda.
Unda ishtirok etayotgan Nodirbek Abdusattorov hindistonlik shaxmatchi Hikaru Nakamura ustidan g‘alaba qozondi.
Ma’lumot uchun, 1-dekabrga qadar rapid turnir, 3-4 dekabr kunlari esa blits-turnir o‘tkaziladi.