TOShKENT, 30 noya — Sputnik. Rossiya va AQSh o‘rtasida strategik barqarorlik bo‘yicha haqiqiy muloqot Vashingtonda munosib sherik topilsa va xavfsizlik sohasida Moskvaning “qizil chiziqlari”ni kesib o‘tmaslikka rozilik namoyon etilsa, boshlanishi mumkin.
Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Yadro qurollarini tarqatmaslik va nazorat qilish departamenti direktori Vladimir Yermakov RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Aslida, biz hech qachon muloqotdan bosh tortmaganmiz. Shu bilan birga, haqiqiy muloqot faqat boshqa tomonda munosib sherik bo‘lsa mumkin. Bu esa Qo‘shma Shtatlarning haqiqiy tenglik tamoyillari va manfaatlarimizni hurmat qilish va xavfsizlik sohasida bizning “qizil chiziqlar”imizni kesib o‘tmaslikka tayyorlik asosida jiddiy suhbat uchun “yetilishini” talab qiladi”, - deydi Yermakov.
Avvalroq AQShning Rossiyadagi muvaqqat ishlar vakili Elizabet Rud RIA Novosti agentligiga Vashington qurol-yarog‘ni nazorat qilish tarafdori ekanini ta’kidlab, uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina atrofidagi vaziyat sabab to‘xtatilgan strategik barqarorlik bo‘yicha Moskva bilan muloqotni qayta tiklash imkoniyatini kutayotganini ma’lum qilgandi.
Rossiya 24-fevraldan buyon Ukrainada maxsus harbiy operatsiya olib bormoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning asosiy vazifasini “Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida tahqirlash, genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Mamlakat Qurolli kuchlari oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.