Farg‘onada aniqlangan olmaxonlar xayvonot bog‘iga topshirildi – foto

Farg‘onada olmaxonlarni noqonuniy olib kirishga bo‘lgan urinish fosh qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 30 noya — Sputnik. Farg‘onada30 mln so‘mga baholangan olmaxonlar Farg‘ona xayvonot bog‘iga topshirildi. Bu haqida Davlat bojxona qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Farg‘onada olmaxonlarni noqonuniy olib kirishga bo‘lgan urinish fosh qilindi.
Farg‘ona tumanida aniqlangan holatda chegaradosh mahallalardan birida shubha ostiga olingan shaxsga tegishli 2ta yog‘och yashik bojxonachilar va DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda ko‘zdan kechirildi.
Natijada, maxsus yasalgan va bo‘lmalarga ajratilgan yashiklarda qo‘shni davlatdan noqonuniy ravishda olib kirilgan va tegishli hujjatlari bo‘lmagan 32 bosh olmaxonlar borligi aniqlandi.
Belka
“Ularning ikkitasi qoniqarsiz sharoitdan nobud bo‘lgan. Qiymati dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 30 mln so‘mga baholangan ushbu jonivorlar hozirda Farg‘ona xayvonot bog‘iga topshirildi”, deyiladi xabarda.
Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Belka