Yangi eksponatlar orasida - tog‘ echkisi - Buyuk Turkiylar xoqonligi asoschisi hisoblanadigan Ashin urug‘ining ramzi bo‘lgan tog‘ echkisi tasvirlangan noyob kumush idish ham bor. Ushbu eksponatning raqamlashtirilishi Rossiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston olimlarida yangi bahs-mulohazalarga sabab bo‘ldi.
Kumush idish 1976-yilda Yustid darosi vodiysida Oltoy Respublikasining Kosh-Og‘och tumanida topilgan. Idish tubida turli belgilar o‘yib chizilgan, markaziy qismida esa tog‘ echkisi tasviri yaqqol ko‘rinadi. Artefakt Rossiya Fanlar Akademiyasining Sibir filiali (Novosibirsk) Arxeologiya va etnografiya instituti muzeyining eksponati hisoblanadi.
“Bu VI asrning ikkinchi yarmi - VIII asr o‘rtalarida Turk xoqonligiga hukmron bo‘lgan Ashin urug‘ining sulolaviy belgisi (tamg‘a) hisoblanadi. Ko‘chma san’at asarida bunday belgi tasvirlangani juda kam uchraydi. Ko‘pincha sulola belgilarini Ashina urug‘i vakillari sharafiga yodgorliklarga, stelalarga yoki tosh tekisliklarga qo‘yilgan”, - deydi Oltoy davlat universiteti Arxeologiya va etnografiya muzeyi direktori, “Katta Oltoy” turkiy ilmiy-ma’rifiy markazi oltoyshunoslik va turkiyshunoslik eksperti Yaroslav Frolov.
Katta ilmiy xodim, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi Numizmatika fondi kuratori Alfiya Musakayevaning esa bu borada fikrlari boshqacha.
“Idish tubida turkiy davrga xos bo‘lgan echkining sxematik tasviri bo‘lib, u doira ichiga olingan. Doira chegaralarida antromorfik tasvir (odam qiyofasi sxematik tasviri) joylashgan. Umuman ushbu ikkita shakllar sujet tasvir sifatida qabul qilinadi. Echki tasvirini tamg‘a deb hisoblash mumkin emas. Tamg‘alarni doira shakli ichida tasvirlashmagan”, - deydi u.
Xuddi shunday shaklli idishlar ilgari Oltoy va Janubiy Sibirda olib borilgan arxeologik qazish ishlaridan ma’lum bo‘lgan. Ammo ramzli idishlar uchramagan, deydi “Manas” Qirg‘iz-Turk universiteti tarix bo‘limi professori Qubatbek Tabaldiyev.
Tamga na dne sosuda iz kolleksii Muzeya instituta arxeologii i etnografii SO RAN (Novosibirsk).
© Altayskiy gosudarstvenniy universitet/Yaroslav Frolov
“Bunday ramz-belgilar Sharqiy turk xoqonlari sharafiga o‘rnatilgan yodgorlik tosh stelalar tepalarida uchraydi. Kumush idishning egasi o‘rta asr turklarining hukmron elitasi doirasiga tegishli bo‘lgan bo‘lishi mumkin deb taxmin qilsa bo‘ladi”, - deya qo‘shimcha qiladi Tabaldiyev.
Yustiddan topilgan idishda ikonografik jihatdan Sharqiy turk xoqonligining Ashin sulolasi tamg‘asiga o‘xshash uloqcha shaklidagi uchta tamg‘a bor, deb hisoblamoqda A.X. Margulan nomidagi Arxeologiya instituti xodimi Aleksey Rogojinskiy
“Qoyalarda tasvirlangan echkilarning hamma sxematik tasvirlari ham tamg‘alarni anglatmaydi, ammo bu holatda bular aynan tamg‘alar, Ashinlar tamg‘asi. Bu idishning o‘z qiziq tarixi bor, hali ochilmagan siri bor: axir topilganiga deyarli yarim asr o‘tgach, Yustiddan topilgan idishcha mutaxassislarga faqat sifatsiz fotosuratlardan ma’lum bo‘lgan va uning tubida o‘yilgan belgilar deyarli tanlab olingan chizmalarda to‘lik e’lon qilingan”, - deydi u.
Rogojinskiyning alohida ta’kidlashicha, predmetning anchayin sifatli fotosuratlarini olish mumkin bo‘lgan davrda ma’lum bo‘ladiki, kumushdan yasalgan qimmatli idish bir necha bor egalarini almashtirgan, va ularning hammasi ham Ashinlarning hukmdor urug‘lariga aloqador bo‘lmagan. Chindan ham idish tubida o‘nga yaqin turli belgilar o‘yilgan, va ulardan faqat uchtasi echkicha shaklida: qolgan belgilar ham Oltoy va undan tashqarida ma’lum. Ammo ular kimga tegishli bo‘lgan, hozircha bir nima deyish qiyin. Va shu sababli predmetni yanada o‘rganish lozim.
Risunok iz knigi V.D. Kubareva "Drevneturkskie izvayaniya Altaya" (Novosibirsk, 1984).
© Altayskiy gosudarstvenniy universitet
O‘z navbatida Musakayevaning aytishicha, ish uchun arxeologlar predmetning haqiqiysini o‘z ko‘zlari bilan o‘rganishlari kerak. Va bundan o‘rganish 3D modelni o‘rganishdan nimasi bilan farqlanishi aytib o‘tdi.
“Farq juda katta: men predmetni 10-20 marta kattalashtirilgan lupa bilan tekshiraman, shuning uchun barcha yoriqlar ko‘rinadi. Echki tasviri tushirilgan idishning 3D modelini ko‘zdan kechirganda chetida tushunarsiz chuqurchalar va nuqtalar bor edi, ularni ko‘rib bo‘lmasdi. Chetida qisqa va uzun nuqtali yozuvlar bo‘lishi mumkin. Predmet bilan qilinadigan ish ko‘p: metallning o‘lchami, sifati, metall namunasi, tasodifiy chiziqlardan tortib, antik davrda maxsus qo‘llanilgan chizmalargacha turli xil tasvirlarni tahlil qilish kerak”, - deydi olima.
Endi ushbu noyob idish bilan virtual muzeyda tanishish mumkin. Mutaxassislar uchun modelni eng katta yaqinlikda o‘rganish imkonini yaratishni va’da qilishmoqda.
“Biz olimlarning so‘rovi bo‘yicha modellarning shunday fotosuratlarini taqdim etishga tayyormiz”, - deya tasdiqlaydi ekspert Yaroslav Frolov.
“Ushbu idish va boshqa arxeologik obyektlarning 3D-modellari juda yaxshi g‘oya, ayniqsa ular tematik o‘ylangan asarlar, loyihalar bo‘lsa. Bunday ko‘rgazmalar uchun mavzular juda xilma-xil bo‘lishi mumkin: “Qoraxoniylar davridagi kulolchilik”, “Sosoniylar kumushi”, “Chochning pul muomalasi” va boshqalar. Turli auditoriya uchun- turli mavzular. Bolalar uchun masalan, maktab dasturiga oida predmetlarni ko‘rsatish mumkin. Bu muzey xodimlarining ekspozitsiya qurishda ko‘zlagan asosiy maqsadi – emotsional idrokni amalga oshirishga yordam beradi”, — deydi Alfiya Musakayeva.
Virtual muzey kolleksiyasi “Katta Oltoyning turkiy dunyosi: Oltoy davlat universiteti tarixi va zamonaviyligidagi umumiylik va xilma-xillik” loyihasi doirasida yartilmoqda. Unda allaqachon Sibir va Sharqiy Qozog‘istondagi yetti muzeydan turkiy davrga oid eksponatlar asosida mutaxassislar tomonidan yaratilgan 60 ta maket o‘rin olgan.
Yil oxirigacha kolleksiyaga 2022-yilda Sharqiy Qozog‘istonning ikkita viloyati va Oltoy o‘lkasining to‘rtta viloyati hamda Oltoy respublikasidagi uchta xalqaro ekspeditsiya davomida olingan fotosuratlar asosidagi yana 45 ta model kiritiladi.