Sadir Japarov O‘zbekiston bilan chegara to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

Japarov o‘zbek-qirg‘iz chegarasining 302,29 km uzunlikdagi bo‘limi to‘g‘risidagi shartnomani to‘liq ratifikatsiya qildi.
Sputnik
TOShKENT, 29 noya - Sputnik. Sadir Japarov Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasi to‘g‘risidagi shartnomani to‘liq ratifikatsiya qiluvchi qonunni imzoladi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qirg‘iziston.
"Sadir Japarov Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi Qirg‘iziston-O‘zbekiston davlat chegarasining 302,29 km uzunlikdagi alohida uchastkalari to‘g‘risidagi shartnomani to‘liq ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi", - deyiladi xabarda.
Bir vaqtning o‘zida Japarov Andijon suv omboridan (Kampirobod) birgalikda foydalanish to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni ham imzoladi.
Bu bilan, qandaydir ma’noda, O‘zbekiston va Qirg‘iziston orasidagi chegaraning bahsli uchastkalariga doir asosiy muammolarga nuqta qo‘yildi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Eslatib o‘tamiz ushbu shartnoma Qirg‘iziston Jogorku Keneshi tomonidan 17-noyabr kuni bir qator bahslardan so‘ng ma’qullangan edi. Bitimni ratifikatsiya qilish uchun 64 deputat yoqlab, 19 kishi qarshi ovoz bergan edi.
Ma’lumot uchun, ushbu shartnomaga mufofiq O‘zbekiston va Qirg‘iziston ma’lum shartlar asosida chegaraning 400 gektar atrofidagi bo‘laklari bilan o‘zaro almashadi. Qirg‘iziston O‘zbekistonga Andijon (Kampirobod) suv omborini beradi, O‘zbekiston Qirg‘izistonga yaylov yerlarni.