Vacheslav Volodin “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasiga gul qo‘ydi

O‘zbekistonga tashrifini Samarqanddan boshlagan Rossiya Davlat dumasi raisi Toshkentga yetib keldi.
Sputnik
TOShKENT, 28 noya — Sputnik. Rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lib turgan Rossiya Federal majlisi Davlat dumasi raisi Vacheslav Volodin boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Toshkentdagi G‘alaba bog‘iga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Rossiya delegatsiyaga O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov va boshqa rasmiylar hamrohlik qilgan.
Predsedatel Gosudarstvennoy Dumi Vacheslav Volodin vozlojil sveti k monumentu "Oda stoykosti" v parke Pobedi v Tashkente
Vacheslav Volodin bog‘dagi “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasiga gul qo‘ygan. Mehmonlarga majmuada aks ettirilgan tarixiy voqealarning mazmuni haqida so‘zlab berilgan.
Predsedatel rossiyskoy Gosudarstvennoy Dumi Vacheslav Volodin vozlojil sveti monumentu "Oda stokoysti"
Eslatib o‘tamiz, Vacheslav Volodin boshchiligidagi delegatsiya 27-noyabr kuni Samarqandga tashrif buyurdi. U Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov bilan uchrashdi. Volodin Senat raisi Tanzila Narbayeva bilan ham uchrashadi.