TOShKENT, 28 noya — Sputnik. Toshkent shahar Yakkasaroy, Shayxontohur va Chilonzor tumanlarining ayrim hududlarida issiq suv ta’minoti cheklanmagan holda issiqlik ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda "Veolia Energy Tashkent" matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, bugun, 28-noyabr kuni ToshIEM hududidagi Du-300 millimetrli issiqlik quvurida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Shu munosabat bilan quyidagi manzillarda issiq suv ta’minoti cheklanmagan holda issiqlik ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan:
Yakkasaroy tumanida Bobur, Sh.Rustavelli, Shohjahon, Muqimiy, Rakat, O‘rikzor, Askiya, Xazina bog‘, Chopon ota ko‘chalari;
Shayxontohur tumanida Oqtepa mavzesi, Oqtepa mikrohudud va Nurafshon, Gulxaniy, Yesenin ko‘chalari;
Chilonzor tumanida Muqimiy, Choponota ko‘chalari va 1,2,3,4,5,I,E mavzelari;
Issiqlik ta’minoti 28-noyabr kuni taxminan 22:00 da tiklanadi.