Toqayev ilk xorijiy tashrifini Rossiyaga amalga oshirdi

Qozog‘istondagi navbatdan tashqari saylovlarda g‘alaba qozongan Toqayev rasmiy tashrif bilan Moskvaga bordi.
Sputnik
TOShKENT, 28 noya — Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev rasmiy tashrif bilan Moskvaga bordi. Bu haqda Oqo‘rda matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 28-noyabr kuni, Moskvada Rossiya va Qozog‘iston rahbarlari muzokaralar o‘tkazishadi. Bundan tashqari, ikki mamlakat yetakchilari onlayn Qozog‘iston va Rossiya mintaqalararo hamkorlik forumida qatnashishadi.
Toqayev uchun bu davlat rahbari vazifasini bajarishga kirishganidan keyin ilk xorijiy safardir. 20-noyabr kuni Qozog‘istonda navbatdan tashqari prezident saylovi bo‘lib o‘tdi. Unda Toqayev saylovchilarning 81,31 foiz ovozi bilan g‘alaba qozondi. 26-noyabr kuni u Qozog‘iston prezidenti vazifasini bajarishga kirishdi.