Rossiyaning qurilish kompaniyalari O‘zbekistonda mahsulotlarini namoyish etadi

Toshkentda 5-6 dekabr kunlari qurilish sohasidagi kompaniyalarning xalqaro biznes missiyasi bo‘lib o‘tadi.
Sputnik
TOShKENT, 28 noya — Sputnik. Rossiyaning qurilish kompaniyalari vakillari O‘zbekistonga biznes missiyasi bilan keladi. Bu haqda RIA Novosti Rossiya eksport markaziga tayangan holda xabar beradi.
Ta’kidlanishicha, ishlab chiqaruvchilar g‘isht, eshik va sanoatning boshqa materiallarini taqdim etadi.

“Toshkentda 2022-yilning 5-6 dekabr kunlari qurilish sohasidagi kompaniyalarning xalqaro biznes missiyasi bo‘lib o‘tadi. Missiyada Rossiyaning 15 ta istiqbolli eksport kompaniyalari ishtirok etadi”, - deyiladi xabarda.

Ishtirokchilar orasida qurilish, ta’mirlash va ishlab chiqarish uchun g‘isht, izolyatsiyalanmagan kabel mahsulotlari, eshik va boshqa materiallar ishlab chiqaruvchi korxonalar ham bor. Rossiyalik ishbilarmonlar O‘zbekistonning potensial biznes hamkorlari bilan 100 dan ortiq ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.
Biznes missiya "Krokus Plaza" mehmonxonasi konferensiya markazida bo‘lib o‘tadi.