O‘zgidromet shoshilinch ogohlantirish bilan murojaat qildi

Qamchiq dovonida kuchli qor yog‘ishi mumkin. Chimon tog‘lari tabiiy hududi bo‘ylab qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi.
Sputnik
TOShKENT, 28 noya — Sputnik. 29-30 noyabr va 1-dekabr kunlari Qamchiq dovoni xududida qor yog‘ib, yo‘llarda qor uyumlari yuzaga kelishi mumkin.
O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, A-373 “Toshkent – O‘sh” avtoyo‘lining Qamchiq dovoni xududida vaqti–vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik bo‘ladi. Tuman tushadi, ko‘rinuvchanlik 50 m gacha pasayadi va shamol tezligi 17–20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Bundan tashqari, Toshkent viloyati Ohangaron tumani, Bo‘stonliq tumanidagi Chotqol tizmasining Chimon tog‘lari tabiiy hududi bo‘ylab qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi.