TOShKENT, 28 noya — Sputnik. Joriy yilning 26-dekabridan 2023-yil 23-martgacha "VietJet Air" Kamran – Toshkent – Kamran yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi. Tegishli kelishuv aviatashuvchi va “Uzbekistan Airports” o‘rtasida imzolandi, deb xabar berdi kompaniya matbuot xizmati.
Ta’kidlanishicha, parvozlar 367 yo‘lovchiga mo‘ljallangan qulay A-330 samolyotlarida amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda parvozlar haftada bir marta charter asosida amalga oshiriladi.
“Bunga parallel ravishda O‘zbekiston va Vyetnam o‘rtasida muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda”, - deyiladi kompaniya xabarida.
Avvalroq “VietJet Air” Xoshimin va Toshkentni to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan bog‘lashi xabar qilingan edi. Birinchi yo‘lovchi reysi 15-dekabrga belgilangan.