Volodin Samarqandga yetib keldi

Davlat Dumasi raisi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddin Ismoilov bilan uchrashdi.
Sputnik
TOShKENT, 27 noya — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Davlat dumasi raisi Vacheslav Volodin boshchiligidagi delegatsiya Samarqandga tashrif buyurdi.
RIA Novostining xabar berishicha, Davlat dumasi raisi O‘zbekiston Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddin Ismoilov bilan uchrashgan.
Siyosatchilar uchrashuvidan so‘ng Rossiya delegatsiyasi “Xazrati Xizr” majmuasiga yo‘l olgan, u yerda Davlat dumasi spikeri respublikaning birinchi prezidenti Islom Karimov maqbarasiga gul qo‘ygan.
Volodin Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva bilan ham uchrashadi. Tomonlar parlamentlararo hamkorlik masalalarini muhokama qiladi.
1 / 3
2 / 3
3 / 3