Vladimir Norov Belarus tashqi ishlar vaziri vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Kecha Belarus Tashqi ishlar vaziri Vladimir Makey 65 yoshida to‘satdan vafot etdi.
Sputnik
TOShKENT, 27 noya — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Belarus tashqi ishlar vaziri Vladimir Makeyning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

"Belarus Respublikasi tashqi ishlar vaziri Vladimir Makeyning bevaqt vafot etgani haqidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qildim. Belarus Tashqi ishlar vazirligi xodimlariga, marhumning oila a’zolari, qarindoshlari va yaqinlariga hamdardlik bildiraman", - deb yozadi Vladimir Norov o‘zining Twitter᾽dagi sahifasida.

Kecha Belarus tashqi ishlar vaziri Vladimir Makey 65 yoshida to‘satdan vafot etdi. Vafoti sabablari haqida ma’lumot berilmagan.
Ma’lumot uchun, Vladimir Makey 1958-yil 5-avgustda Belarusning Grodno viloyatida tug‘ilgan. 2000-yildan 2008-yilgacha u Belarus prezidentining yordamchisi, 2008-2012 yillarda prezident ma’muriyati rahbari bo‘lgan. 2012-yilda u tashqi ishlar vaziri lavozimiga tayinlangan va hozirga qadar bu lavozimda mehnat qilib kelayotgan edi.