TOShKENT, 27 noya — Sputnik. Germaniyaning "Welt" nashri o‘quvchilari mamlakat kansleri Olaf Sholsning 2023-yil yanvaridan boshlab Rossiya neftini sotib olishni to‘xtatmoqchi ekanligini aytgan so‘zlaridan g‘azablandi. Bu haqida RIA Novosti xabar berdi.
"Uning aqli joyidami? Neft taqiqi Rossiyaga emas, Germaniyaga zarar yetkazadi. Xalqimiz narxlarning navbatdagi oshishiga chiday oladimi?" - deb so‘ragan foydalanuvchilardan biri.
"Shols Amerika qo‘g‘irchog‘i roliga yaxshi ko‘nikib qoldi. Lekin to‘xtash vaqti keldi", - deydi boshqa o‘quvchi.
"Mening ko‘nglim aynib ketdi. Bu badbaxt kansler menga hisoblarni qanday to‘lashimizni tushuntirib bera oladimi?", - deb yozadi yana biri.
"Qanday ahmoq Shols. Rossiya shunchaki boshqa xaridorlarni topadi, nemis xalqi esa yana azob chekishi kerak", - deb ta’kidladi to‘rtinchi foydalanuvchi.
"Hurmatli Shols, men sizga hisobimlarimni yuborapman, chekni pochta orqali yuboring", - deb istehzo qilgan yana bir internet foydalanuvchisi
"Shols o‘z qilmishi bilan o‘z mamlakatiga aql bovar qilmaydigan zarar yetkazmoqda. Uning qarorini davlatga xiyonat bilan solishtirish mumkin", - deb xulosa qilishdi foydalanuvchilar.
Ma’lumot uchun, Yevropa sanksiyalarining oltinchi paketi Rossiyadan neft importiga bosqichma-bosqich taqiq joriy etishni nazarda tutadi. Shu bilan birga, taqiq faqat dengiz orqali yetkazib berishga taalluqli va “Drujba” quvuri orqali keladigan neft cheklovlarga duch kelmaydi. Sanksiyalar orasida Rossiya neftini olib ketayotgan kemalarni sug‘urtalashni taqiqlash ham bor. To‘liq kuchda embargo 5-dekabrdan ishlay boshlaydi.