Samarqandda 4 balli zilzila kuzatildi

Zilzila episentri Kattaqo‘rg‘on tumani bo‘lgan. U yerda 3,8 balli yer silkinishi kuzatilgan.
Sputnik
TOShKENT, 27 noya — Sputnik. O‘zbekiston hududida mahalliy vaqt bilan soat 21:52da zilzila sodir bo‘ldi.
FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga ko‘ra, zilzila episentri Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani.
Zilzila koordinatalari: 40,24 gradus shimoliy kenglik; 66,31 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,8. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 270 km janubiy-g‘arbda.