TOShKENT, 27 noya — Sputnik. Amerikaning “Fox News” telekanali boshlovchisi Taker Karlson Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni AQShdan doimo pul tilab olayotgani uchun tanqid qildi.
Kiyevga ko‘rsatilayotgan yordam sabab AQSh iqtisodiyoti jarlikka qulayotgani Karlsonning jahlini chiqargan. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Ukrainaga allaqachon 90 milliard dollardan ziyod ajratgan.
Karlson bu summa AQSh Afg‘onistonda har yili sarflagan miqdordan ikki baravarga ko‘p ekanini eslatgan.
“Biroq Zelenskiyga bu ham kam. U Amerika kongressidan pul so‘rab iltimos qilmaydi. U pullarni talab qiladi”, - deydi jurnalist.
Misol tariqada ko‘rsatuvda Zelenskiyning bir nechta video murojaati parchalari ko‘rsatilgan.
“Kim o‘zi bu yigit? Balki, haqiqatda u bizdan doimo pul talab qilayotgan poraxo‘r ukrain diktatori?”, - deya ritorik savol bilan yuzlangan Karlson.
Avvalroq AQSh Ukrainaga yordam sifatida yana 4,5 milliard dollar ajratgani ma’lum bo‘lgan edi.
Rossiya 24-fevraldan buyon Ukrainada maxsus harbiy operatsiya olib bormoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning asosiy vazifasini “Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida tahqirlash, genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Mamlakat Qurolli kuchlari oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.
Maxsus operatsiya ortidan AQSh va uning NATO bo‘yicha ittifoqchilari milliardlarcha dollar sarflab, Kiyev rejimini qurol-yarog‘ bilan ta’minlab kelmoqda. Moskva G‘arb qurol-yarog‘larining yetkazib berilishi mojaroni cho‘zishi, qurol ortilgan transport esa Rossiya armiyasining qonuniy nishoniga aylanishini bir necha marta takrorlagan.