TOShKENT, 27 noya — Sputnik. Eron parlamenti mamlakatning Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) qo‘shilishi to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi. Bu haqda IRNA nashri xabar bermoqda.
Eron Islom Respublikasini ShHTga qo‘shilishini yoqlab 205 nafar deputat ovoz bergan.
Eron parlamentining milliy xavfsizlik komissiyasi va tashqi siyosat matbuot kotibi Abulfazl Amuining so‘zlariga ko‘ra, tashkilot muhim xalqaro ahamiyatga ega.
ShHT - 2001-yilda tashkil etilgan xalqaro tashkilotdir. Unga Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Pokiston va O‘zbekiston a’zo.
Kuzatuvchi davlatlar – Afg‘oniston, Belarus, Eron va Mo‘g‘uliston, hamkor davlatlar – Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, Turkiya va Shri-Lanka.
ShHTning Samarqand sammiti doirasida Eronning tashkilotga to‘laqonli a’zo sifatidagi majburiyatlari to‘g‘risidagi Memorandum imzolandi. Belarusga ShHT to‘laqonli a’zosi maqomini berish tartibini boshlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Bundan tashqari, Misr va Qatarga ShHTning muloqot bo‘yicha hamkori maqomi berildi. Bahrayn Podshohligi, Kuvayt, Maldiv, Birlashgan Arab Amirliklari va Myanmaga – muloqot bo‘yicha sheriklar maqomini berish jarayonlari ham boshlangan.