TOShKENT, 27 noya — Sputnik. Minskda o‘tkazilgan boks bo‘yicha xalqaro turnirda O‘zbekiston umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldi. Bu haqida O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar berdi.
Belarus poytaxti Minsk shahrida boks bo‘yicha V.I.Livinsev xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir o‘z yakuniga yetdi.
Musobaqada qatnashgan 11 nafar bokschining 8 nafari musobaqa sovrindoriga aylandi. Terma jamoa vakillari turnir yakuniga ko‘ra 6 ta oltin va 2 ta kumush medallarini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashdi.
Terma jamoa safida quyidagi bokschilar sovrindor bo‘lishdi:
Oltin:
-48 kg: Nodirjon Mirzahmedov
-54 kg: Sanjarbek Vahobov
-60 kg: Dilshod Abdumurodov
-67 kg: Bekzod Hamidov
-75 kg: A’loxon Abdullayev
-80 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev
Kumush:
-57 kg: Samandar Xolmurodov
-67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev
Murabbiy Akmal Hasanov turnir yakuniga ko‘ra eng yaxshi murabbiy sifatida e’tirof etildi.
Boks bo‘yicha xalqaro turnir
© O‘zbekiston boks federatsiyasi