TOShKENT, 27 noya — Sputnik. Ispaniyada boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston jamoasi umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 5 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
“Bu natijani hech bir jamoa yangilay olmadi va yoshlarimiz chempionatni umumjamoa hisobida birinchi o‘rinda yakunlashdi”, - deyiladi xabarda.
G‘olib va sovrindorlar:
Oltin medal:
-48 kg: Gulsevar G‘aniyeva
-57 kg: Baxtiyor Asadov
-67 kg: Javohir Ummataliyev
-71 kg: Fazliddin Erkinboyev
-75 kg: To‘rabek Habibullayev
Kumush medal:
-80 kg: Rahmatillo Boymatov
-70 kg: Aziza Zokirova
-81 kg: Oltinoy Sotimboyeva
Bronza medal:
-54 kg: Xo‘janazar Nortojiyev
-75 kg: Sahobat Husanova
Eslatib o‘tamiz, 25-noyabr kuni Gulsevar G‘aniyeva (-48 kg) hamda Baxtiyor Asadov (-54 kg) o‘z janglarini muvaffaqiyatli o‘tkazib, oltin medalni qo‘lga kiritishgandi. Kecha esa, Javohir Ummataliyev, Fazliddin Erkinboyev va To‘rabek Habibullayev jamoa hisobiga yana 3 ta oltin medalni qo‘shib qo‘ydi.