Respublikada tuman hodisalari kuzatilmoqda - O‘zgidromet

Toshkent shahri va viloyati, Buxoro, Guliston, Jizzax, Namangan hamda Andijon shaharlarida tuman hodisalari kuzatilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 26 noya — Sputnik. Bugun erta tongdan O‘zbekistonning bir qator viloyatlarda tuman hodisalari kuzatilmoqda. Bu haqida O‘zgidromet mutaxassisi Erkin Abdulahatov ma’lum qildi.
Toshkent shahri va viloyati, Buxoro, Guliston, Jizzax, Namangan hamda Andijon shaharlarida tuman hodisalari kuzatilmoqda.
Farg‘ona vodiy viloyatlari ayrim hududlarida qalin tuman havo haroratini nol darajadan past bo‘lishini ta’minladi. Namangan xalqaro aerportida ko‘rinish masofasi 50 metrgacha cheklangan.