O‘zbekistonlik talabalar "InterFest" xalqaro festival-tanlovida ishtirok etishdi

Festivalda O‘zbekiston vakillari amaliy san’at namunalari, milliy taomlar – palov, manti, somsa va turli xil kaboblardan iborat milliy stendni taqdim etishdi.
Sputnik
TOShKENT, 26 noya — Sputnik. O‘zbekistonlik talabalar Moskva politexnika universitetida tashkil etilgan "InterFest" V xalqaro milliy madaniyatlar festival-tanlovida ishtirok etishdi. Bu haqida “Dunyo” AA xabar berdi.
Nominatsiyalarda Albaniya, Afg‘oniston, Vyetnam, Hindiston, Qirg‘iziston, Falastin, Rossiya, Suriya, Tojikiston va O‘zbekistondan talabalar qatnashdi.
Festival dasturi "Milliy taomlar", "Ijodiy chiqish", "Xalq hunarmandchiligi ko‘rgazmasi" kabi qator bosqichlardan iborat bo‘ldi. Unda ishtirokchilar milliy hunarmandchilik ko‘rgazmasida o‘z davlatlarini namoyish etishdi.
Jamoalar tomoshabinlar va hakamlarga o‘zlarining raqs, qo‘shiq, she’r, xalq hunarmandchiligi ko‘rgazmalari, milliy taomlardan iborat ijodiy dasturlarini taqdim etdi.
"InterFest" V xalqaro milliy madaniyatlar festival-tanlovi
O‘zbekiston vakillari amaliy san’at namunalari, milliy taomlar – palov, manti, somsa va turli xil kaboblardan iborat milliy stendni taqdim etishdi.